Kongo Respublikasida 478 million dollar miqdoridagi qarzning to‘lanmaganligi munosabati bilan defolt e’lon qilindi. Bu haqda Financial Times ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Afrika mamlakati hukumati 30-iyul muddatiga qadar qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshira olmadi, shu munosabat bilan mamlakat to‘lovga qodir emas deb topildi.
2015-yilning sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakat neft narxlarining tushishi tufayli kuchli zarba olganligini ta’kidlagan edi. 2014-yilda mamlakat budjetiga kelib tushgan daromadlarning 70 foizini neft bilan bog‘liq daromadlar tashkil etgan edi.
Izoh (0)