Suriyaning Aleppo shahridagi shifoxonada jangarilar tomonidan uyushtirilgan kimyoviy hujumning olti qurboni halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aleppo viloyati tibbiyot boshqarmasi rahbari Muhammad Xazzuriyning so‘zlariga qaraganda, terrorchilar shaharning eski qismida kimyoviy qurol qo‘llagan.
Gazdan bo‘g‘ilib qolgan yana 14 kishi og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi.
Kimyoviy hujum haqidagi xabar 2-avgust kuni Suriya armiyasi nazorati ostidagi Sa’d al-Avomid kvartalidan keldi.
Izoh (0)