AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp mamlakatda joriy yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlar faktlarni ommaviy buzib ko‘rsatish va soxtalashtirish bilan o‘tadi deb hisoblamoqda. Bu haqda milliarder Kolumbus shahridagi (Ogayo shtati) tarafdorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Saylovlar nohaqlik bilan o‘tadi deb qo‘rqaman”, — dedi respublikachi.
Uning so‘zlariga qaraganda, u bo‘lajak saylovlar soxtalashtirish va firibgarlik bilan birga kechishi haqida tobora ko‘proq eshitmoqda. Shu bilan birga Tramp qalloblikning aynan qaysi shakli haqida so‘z yuritilayotganligiga aniqlik kiritmadi.
“Respublikachilar ehtiyot bo‘lishi lozim, chunki bizdan bu saylovlarni o‘g‘irlab olishlari mumkin”, — deya ta’kidladi milliarder.
Izoh (0)