AQSh prezidentlik saylovi natijasidan qat’i nazar Osiyo-Tinch Okeani hududi bilan yaqin aloqalardan voz kechmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Barak Obama 1-avgust kuni “Streyts tayms” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“AQSh ikki yuz yildan ortiq vaqt davomida Tinch okeani hududidagi mamlakat hisoblanadi va bu fakt o‘zgarmaydi. Ushbu haqiqat prezident saylovlari natijasiga bog‘liq emas. Oldinroq biz Osiyo-Tinch Okeani hududi bilan aloqalarni kengaytirgandik, bu narsa kelajakda ham davom etadi”, – dedi Obama.
AQSh prezidenti mazkur hududda dunyoning yarmidan ortiq aholisi yashayotganini, bu yerda o‘rta toifa shakllanayotgani hamda AQSh uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.
Barak Obamaning so‘zlariga ko‘ra, alohida e’tibor Osiyoning janubi-sharqiy mamlakatlariga qaratilmoqda. AQSh prezidenti mazkur jarayonda Singapur muhim rolga ekanini aytdi.
Izoh (0)