O‘zbekiston ayollar futboli assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Yashil maydon malikalari” futbol turniri boshlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Futbol bilan professional tarzda shug‘ullanmaydigan xotin-qizlar orasida ushbu sport turini ommalashtirishni maqsad qilgan bu turnir ishtirokchilari Oliy Liga yoki Birinchi Liga ayollar jamoalarida qayd etilmagan xavaskorlardir, deb yoziladi xabarda. Ishtirokchilarning yoshi 17 yoshdan 30 yoshgacha deb belgilangan.
2—6-avgust kunlari turnirning mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bunda O‘zbekiston hududi 4 ta qismga ajratilgan bo‘lib, 1-mintaqa o‘z ichiga Jizzax, Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo viloyatini oldi. 2-mintaqani Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari, 3-mintaqani Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, 4-mintaqani esa Xorazm va Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkil etdi.
Final bosqichi 17—19-avgust kunlari oralig‘ida Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)