Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlari tashkilotining (FARC) isyonchi jangarilari tashlagan qurollardan haykallar barpo etish uchun foydalaniladi. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Munning Xavfsizlik kengashiga yo‘llagan maktubida so‘z yuritiladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hujjatda Kolumbiya hukumati va FARS vakillari o‘rtasidagi kelishuvning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha uch tomonlama mexanizmning tarkibiga kiruvchi BMT missiyasining vakolatlari keltirib o‘tilgan.
BMT Xafvsizlik kengashi tomonidan yanvar oyida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, BMT missiyasi tomonlar yakuniy tinchlik bitimini imzolagandan so‘ng o‘z ishini boshlashi lozim. Missiya rahbari va BMT bosh kotibining Kolumbiyadagi maxsus vakili etib fransuz Jan Anro tayinlangan.
Izoh (0)