AQSh 2020-yilda modernizatsiya qilingan B61-12 atom bombasini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yadro xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarma (NNSA) ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
2020-yilda B61-12 ning birinchi namunasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, AQSh uni to‘liq ko‘lamda ishlab chiqarishga kirishadi.
NNSA rahbari Frenk Klotsning so‘zlariga qaraganda, modernizatsiya tufayli bomba yana kamida 20 yil xizmat qila oladi. 2015-yilning noyabrida AQShning Nevada shtatida B61-12 bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi.
Modernizatsiya qilingan B61-12 atom bombasi hozirda AQSh armiyasi qurollanishida mavjud bo‘lgan B61 turkumidagi B61-3, -4, -7, -10 yadro bombalarining o‘rnini egallaydi.
Izoh (0)