“Real” hujumchisi Karim Benzema 9-avgust kuni Norvegiyaning Tronxeym shahrida o‘tkaziladigan “Sevilya”ga qarshi UEFA Superkubogi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Karim Benzema belidan olgan jarohatidan o‘yingacha forig‘ bo‘la olmasligi oydinlashdi.
Avvalroq mazkur o‘yinni “Real”ning boshqa hujumchisi — Krishtianu Ronaldu ham o‘tkazib yuborishi haqida xabar qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)