Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2017-yilning 7-iyun sanasida Tailand terma jamoasini Toshkentda qabul qilishi mumkin, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Bunda manba har ikki mamlakat futbol federatsiyalarining Wikipedia’dagi ma’lumotiga tayanganini tan oldi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va FIFA saytida hech qanday ma’lumot yo‘q.
2017-yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashi doirasida Eron mehmoni bo‘ladi. Tailandga qarshi Toshkentdagi o‘yin rasmiy uchrashuv oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi mumkin. O‘zbekiston kabi JCh—2018 uchun kurashni davom ettirayotgan Tailand 13-iyun kuni Saudiya Arabistoni termasi mehmoni bo‘ladi.
O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari hozirga qadar 7 bor kurash olib borgan. Shularning 2 tasida o‘zbekistonliklar, 5 tasida taylar zafar quchgan. Gollar nisbati 13:18 — tailandliklar foydasiga.
Izoh (0)