Janubiy Koreya prokuraturasi Shimoliy Koreyadan ekanligi taxmin qilinayotgan xakerlar guruhi joriy yil boshidan buyon Janubiy koreyalik diplomatlar, Milliy mudofaa vazirligi xodimlari va jurnalistlarning elektron pochtasini buzishga uringanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Prokuraturaning ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning yanvar oyidan iyun oyiga qadar kamida 56 mansabdorning elektron pochtasi buzilgan. Ushbu maqsadda xakerlar foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga kirish imkonini beruvchi 27 ta maxsus — “tuzoq” veb-saytini ishlab chiqqan. Tergov jinoyatchilar o‘z qurbonlaridan yozishma davomida maxfiy ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashga urinmoqda.Prokuratura vakillari barcha davlat xizmatchilarini internetdan foydalanish vaqtida tegishli chora-tadbirlarga amal qilishga, xizmat doirasida shaxsiy elektron pochtalarini ishlatmaslikka hamda parollarni tez-tez almashtirib turishga chaqirdi.
Izoh (0)