Hindistonda 4,5 million kishi shiddatli yog‘ingarchilik bois toshqin xavfi ostida qolgan hududda yashab kelmoqda. Ob-havo mutaxassislarining ta’kidlashicha, yomg‘irlar bir necha kun davom etishi mumkin. Bu haqda, NDTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, eng katta zarar Bixar shtatiga yetkazildi — u yerda 2,7 million kishi xavf zonasida qolib ketdi. Undan keyingi o‘rinda mamlakat shimolidagi Assam shtati turibdi (1,6 million kishi).
Tabiiy ofat tufayli halok bo‘lganlar soni 75 kishini tashkil etmoqda.