2016-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQSh poytaxti Vashington shahrida “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari “C5+1” doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalarini muhokama qiladi.
Izoh (0)