Tramp Koloradodagi chiqishi oldidan liftda yarim soat qolib ketdi

AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp Kolorado-Springs shahrida (Kolorado shtati) chiqish qilish oldidan liftda yarim soatga tiqilib qoldi. Bu haqda, shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi vakili Stiven Uilchga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Uning so‘zlariga qaraganda, voqea 29-iyul, juma kuni shahardagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘ldi. Lift birinchi va ikkinchi qavatlar o‘rtasida to‘xtab qoldi. Unda, Trampdan tashqari, yana to‘qqiz kishi bor edi.

O‘t o‘chiruvchilar liftning yuqori qismidagi lyukni ochib, ichkariga narvon tushirdi, liftdagilar u orqali tashqariga chiqdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing