Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Novorossiysk ko‘chasidagi xonadonlardan birida 10-sinf maktab o‘quvchisi kompyuter oldida o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, hodisa 26-iyul kuni sodir bo‘lgan. Kechki soat 7:00 da o‘yinlardan birining navbatdagi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishga uringan, ammo buni uddalay olmagan kompyuter ishqibozi uyda mavjud bo‘lgan to‘pponchani olib, monitorga qarata o‘q uzgan.
Keyinroq esa maktab o‘quvchisi kompyuter oldida o‘lik holda topilgan. “Fontanka.ru”ning ma’lum qilishicha, bolaning yonida dori-darmonlar idishi topilgan.
Marhumning oilasi hech qanday ro‘yxatda turmagan.