O‘zbekiston BMTning E-Government Development Index reytingida 20 pog‘onaga ko‘tarilib, 80-o‘rinni egalladi. Reyting va unga doir axborot BMT ma’muriyatining rasmiy ma’lumotlar bazasida chop etildi.
Ikki yilda bir marta tuziladigan reytingdan jami 193 mamlakat o‘rin oldi. Ularda elektron hukumat qay darajada rivojlangani turli kriteriylar asosida baholandi. Birinchi o‘rinni Buyuk Britaniya qo‘lga kiritdi — u ikki yil ichida sakkizta o‘ringa sakrab, cho‘qqiga chiqib oldi. Undan keyingi pog‘onalarni Avstraliya va Janubiy Koreya egalladi.
Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Singapur, Finlyandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Daniya va Fransiya o‘rin oldi.
O‘zbekiston 0,5434 indeks bilan 80-o‘ringa munosib ko‘rildi. U 2014-yilgi natijaga nisbatan biryo‘la 20 pog‘onaga sakradi. O‘zbekistondan yuqorida Shri-Lanka, quyida esa Peru joylashgan.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari quyidagi natijalarni qayd qildi: Qozog‘iston — 33, Qirg‘iziston — 97, Tojikiston — 139, Turkmaniston — 140. Rossiya 35, Belarus 49, Ukraina 62, Ozarbayjon 56, Armaniston 87-o‘rinda.
Izoh (0)