Yerevanda politsiya patrul-post xizmati polki binosini ushlab turgan “Sasna srer” muxolif qurolli guruhi a’zolari huquq-tartibot xodimlari bilan otishmaga kirishib ketdi. Buning natijasida guruh a’zolaridan biri Araik Xandoyan yaralandi, deb xabar beradi “RBK”.
“Hozirgina polk hududida o‘q ovozlari eshitildi. Huquq himoyachilari javoban o‘t ochdi”, — ma’lum qildi Armaniston politsiyasi matbuot kotibi Ashot Agaronyan.
Keyinroq Agaronyan yana bir qonunbuzar yaralanganini ma’lum qildi.“Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.
Tasdiqlanmagan axborotga ko‘ra, Xandoyan oyog‘idan yaralangan.
Izoh (0)