Qirg‘iziston oliy sudi ayni paytda Belarusda yashayotgan sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevga nisbatan sirtdan o‘qilgan hukmni bir qadar yengillashtirib, umrbod qamoq o‘rniga 30 yillik jazo belgiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bakiyev 2010-yilning 7-aprel kuni namoyishchilarni o‘qqa tutib, yuzga yaqin insonning o‘limiga sabab bo‘lishda, shuningdek, yuzlab insonlarning yaralanishida ayblanmoqda.
Belgilangan 30 yil muddatning besh yilini Bakiyev qamoqda, qolgan 25 yilini esa kuchaytirilgan tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tkazishi lozim.
Izoh (0)