Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” va Ekvadorning “Independyente del Valye” klublari o‘rtasidagi Libertadores Kubogi finalining javob uchrashuvidan so‘ng uchta futbol muxlisi o‘ldirildi. Bu haqda AFP agentligiga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, o‘yindan so‘ng ikki jamoa muxlislari o‘rtasida 100 dan ortiq mushtlashuvlar bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi.
Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Javob o‘yinida “Atletiko Nasyonal” 1:0 hisobida zafar quchib, Libertadores Kubogi sohibiga aylandi.
Izoh (0)