Ispaniyaning Palma-de-Mayorka shahri sudi germaniyalik aktrisa va supermodel Klaudiya Shifferning ikki qarag‘ayni noqonuniy kestirishi munosabati bilan kiritilgan arizani ko‘rib chiqadi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ayblovni germaniyalik multimillioner, Mixael Shumaxerning sobiq menejeri Villi Veber ilgari surdi. Uning fikricha, Shiffer — Veberning qo‘shnisi — derazasidan dengiz manzarasini ochish va bu bilan ko‘chmas mulk narxini oshirish uchun unga tegishli hududda joylashgan ikki qarag‘ayni kestirib tashlab, birovning mulkiga va ekologiyaga ziyon keltirdi.
Modelning bog‘bonlarini ayblovlarni inkor qilib, daraxtlar kasallik tufayli kesilganini aytmoqda.
Izoh (0)