Koreya Respublikasi KXDRning mamlakat hududida GPS sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi signalini to‘sib qo‘yishga urinishlariga qarshi yo‘naltirilgan choralarni qabul qiladi. Bu haqda Janubiy Koreya hukumati vakilining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Vazirlar mahkamasi Shimoliy Koreyaning bu kabi provokatsiyalariga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkonini beruvchi texnologiyalarning ishlab chiqilishini ko‘zda tutuvchi choralarni ma’qulladi”, — dedi hukumat vakili jurnalistlarga. Biroq mansabdor aynan qanday harakatlar amalga oshirilishiga aniqlik kiritmadi va ular Pxenyan xabardor bo‘lmasligi uchun sir tutilishini ma’lum qildi.2010—2012-yillarda Pxenyan bir necha marta chegaraga yaqin tumanlardagi sun’iy yo‘ldosh signalini to‘sib qo‘yishga uringan edi. Joriy yilda ham Pxenyan yana yuqoridagi holatni qo‘llamoqda. Bu esa mobil aloqa va avtomobillarning navigatsiya qurilmalari faoliyatida uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)