Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining uchinchi saralash saralash bosqichidagi dastlabki o‘yinlarga to‘liq yakun yasaldi. 26-iyul — seshanba kuni o‘yinlarning bir qismi o‘tkazilgandi, 27-iyul — chorshanba kuni esa qolgan jamoalar maydonga tushdi.
Qozog‘iston chempioni sifatida YChL guruh bosqichi sari harakat qilayotgan “Astana” o‘z maydonida Shotlandiyaning “Seltik” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 19-daqiqasiga kelib qozog‘istonlik futbolchilar hisobda oldinga chiqib olgandi. 79-daqiqaga kelibgina “Seltik” mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Turkiya chempioni bo‘la olmagani uchun saralash bosqichidan ishtirokini boshlashga majbur bo‘layotgan “Fenerbaxche” o‘z maydonida Fransiyaning “Monako” klubini mag‘lub etdi — 2:1. Emenike tomonidan qayd etilgan dubl, turklar uchun muvaffaqiyat kaliti bo‘ldi. Fransiya chempionatini 3-o‘rinda yakunlagan “Monako” safida esa javob goliga Radamel Falkao mualliflik qildi.
27-iyul kungi o‘yinlar natijasi bilan tanishing.
Yevropa Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichi. Dastlabki o‘yinlar 27-iyul, chorshanba
“Astana” (Qozog‘iston) — “Seltik” (Shotlandiya) 1:1“Rusenborg” (Norvegiya) — “APOEL” (Kipr) 2:1“Astra” (Ruminiya) — “Kopengagen” (Daniya) 1:1“Trenchin” (Slovakiya) — “Legiya” (Polsha) 0:1“Fenerbaxche” (Turkiya) — “Monako” (Fransiya) 2:1“Olimpiakos” (Gretsiya) — “Xapoel” (Isroil) 0:0
Izoh (0)