Tashkilotning dasturiy ta’minoti bo‘yicha jahon yetakchisi, AQShning Oracle kompaniyasi “bulutli” texnologiyalar asosidagi dasturlar va xizmatlar yetkazuvchi NetSuite kompaniyasini 9,3 milliard dollarga sotib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Oracle xabarnomasida aytilishicha, kompaniyaning har bir aksiyasiga 109 dollar taklif qildi, bu esa har bir qimmatbaho qog‘ozning 27-iyul kungi sotuvlarning yopilishidagi narxiga 19 foiz ustama qo‘yilganini anglatadi.
Bu Oracle tarixidagi eng yirik shartnoma bo‘ldi. Endilikda kompaniya “bulutli” texnologiyalar sohasida ham raqobatga kirishadi.