O‘zbekistonlik tennischilar Sabina Sharipova va Nigina Abduraimova o‘zi ishtirok etayotgan musobaqalarning navbatdagi bosqichiga yo‘llanma oldi, deb xabar berdi O‘zA.
Mamlakatning birinchi raqamli raketkasi Nigina Abduraimova Xitoydagi tennis turnirining chorak finaliga yo‘llanma oldi. Bu yo‘lda u ikki nafar xitoylikni turnirdan chiqarib yubordi. Avvaliga Zi Yu Sundan 6:2, 6:4 hisoblarida mag‘lub etilgan bo‘lsa, keyinchalik Ksin Yun Xan 5:7, 6:2, 6:0 hisobi bilan dog‘da qoldirildi.Sabina Sharipova esa AQShda bo‘lib o‘tayotgan turnirda ishtirok etmoqda. Musobaqaning birinchi bosqichida mezbon raketka Jenifer Eliyenni 6:2, 6:4 hisobi bilan mag‘lub etgan Sabina, ikkinchi bosqich chiptasiga ega chiqdi.
Izoh (0)