Sayohatchilar uchun ommabop sanalgan TripAdvisor onlayn-servisi dunyoning eng arzon o‘nta yo‘nalishini sanab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ekspertlar reytingni tuzishda parvoz narxi, to‘rt yulduzli mehmonxonada yashash, ovqatlanish va ikki kishining uch kunlik dam olish davomidagi sayr-tomoshasi uchun sarflanadigan xarajatlarni hisobga oldi.
1-o‘rin. Xanoy, Vyetnam. Uch kunlik dam olish narxi: 492,50 dollar
2-o‘rin. Mumbay, Hindiston. Uch kunlik dam olish narxi: 560,39 dollar
3-o‘rin. Keyptaun, JAR. Uch kunlik dam olish narxi: 578,14 dollar
4-o‘rin. Kuala-Lumpur, Malayziya. Uch kunlik dam olish narxi: 621,47 dollar
5-o‘rin. Bangkok, Tailand. Uch kunlik dam olish narxi: 638,96 dollar
6-o‘rin. Moskva, Rossiya. Uch kunlik dam olish narxi: 650,53 dollar
7-o‘rin. Bali, Indoneziya. Uch kunlik dam olish narxi: 672,29 dollar
8-o‘rin. Madrid, Ispaniya. Uch kunlik dam olish narxi: 726,87 dollar
9-o‘rin. Berlin, Germaniya. Uch kunlik dam olish narxi: 875,20 dollar
10-o‘rin. Vena, Avstriya. Uch kunlik dam olish narxi: 969,48 dollar
Izoh (0)