Namangan viloyatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu rusumli avtobuslar qatnovi yana yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “NamNews.uz”.
“Hozircha 50 ta avtobus 1, 4, 17, 23-yo‘nalishlarga qo‘yildi. Buning uchun bankdan to‘rt yilda qaytarish sharti bilan 4,6 milliard so‘m kredit oldik. Haydovchilikka esa ko‘p yillik tajribaga ega 50 kishini ishga qabul qildik”, – dedi “Turon-95 MBI” MChJ rahbari Borillo Murodov.
“Yana bir gap – ayrim magistral ko‘chalarimiz ta’mirtalab. Ana shu muammolarni hal etishda mutasaddi tashkilotlardan amaliy yordam kutamiz”, – deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.
Borillo Murodovning aytishicha, kelgusida yana avtobuslar olib kelinadi va barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)