Maks laqabli labrador Meksika tog‘lari bo‘ylab sayohat chog‘ida yo‘qolib qolgan 14 yoshli Jan Eriberto Trevinoni qutqarib qoldi. Bu haqda Metro nashri ma’lumotiga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
Bolalar lagerida dam olayotgan o‘smir tengdoshlari bilan tog‘larga ekskursiyaga yo‘l olgan. Biroq tez orada guruhdan ajralib qolib, adashib qolgan va kichikroq jarlikdan qulab ketgan. O‘smir oyog‘idan yengil jarohat olgan va yaxshi harakatlana olmay qolgan.Meksikalikning baxtiga, u bilan ekskursiyadan bir necha soat avval tanishgan labrador Maks uning qulashini payqab qolgan. Ikki sutkaga yaqin it boladan uzoqlashmagan. Bola uni quchoqlab isingan. Shuningdek, Maks o‘quvchiga tog‘ suvining ko‘lobini ko‘rsatgan.
Janning so‘zlariga qaraganda, u Maks bilan birga o‘zini xavfsiz his qilgan. Ikki kundan so‘ng bolani topgan qutqaruvchilar labrador bo‘lmaganda bolaning ahvoli yomon bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan.
Qutqarib qolingan meksikalik qahramon itni uyiga olib ketish istagini bildirgan. Biroq uning egalari borligi aniqlangan.
Izoh (0)