Avstraliya fuqarosi lotereyada 49 Avstraliya dollariga teng qiymatdagi chiptani xarid qilib, Kusaiye tropik orolini qo‘lga kiritdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Avstraliyalik Dag va Salli Beyts Mikroneziyada joylashgan va ularga tegishli bo‘lgan Kusaiye orolini sotishning noodatiy usulini o‘ylab topdi. Ular kimoshdi savdosini tashkil etishning o‘rniga lotereyani o‘ylab topdi. Unda ishtirok etish uchun 49 Avstraliya dollariga teng chiptadan eng kamida bir dona sotib olish kerak edi.
G‘olib 26-iyul kuni aniqlandi. Hozirgi paytda OAVlarga uning ismi Joshua ekanligi ma’lum xolos. Butun orol undagi kurort bilan lotereya g‘olibi ixtiyoriga o‘tadi. Beytslar oilasi shu yo‘l orqali orol biror millionerning emas, o‘zlari kabi kishilarning qo‘liga o‘tishini maqsad qilgan.
Oroldagi dam olish maskanida 16 xonali mehmonxona, 5 ta avtomobil, yuk mashinasi va furgon bor.
Beytslar oilasi 20 yil davomida ushbu orolda sayyohlik biznesi bilan shug‘ullanib kelgan. Endi ular orolning lotereyada o‘ynalishidan 2,6 million Avstraliya dollari ishlab oldi.
Izoh (0)