Mutko IAAF prezidentidan Isinbayeva, Shubenkov va Kuchinaning Rio–2016 dagi ishtirokiga ruxsat berishni so‘radi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) prezidenti Sebastyan Koudan 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining talablariga javob beradigan rossiyalik atletlarning ishtirokiga ruxsat berishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Mutkoning maktubida Yelena Isinbayeva, Sergey Shubenkov va Mariya Kuchina tilga olindi.

Sport arbitraj sudi (CAS) 21-iyul kuni Rossiya olimpiya qo‘mitasi va 68 yengil atletning IAAF’ga nisbatan apellyatsiya so‘rovini qaytardi. Sud qaroriga ko‘ra, qo‘mita Rio–2016 o‘yinlariga IAAF talablariga mos kelmaydigan o‘yinchilarni yubora olmaydi. 24-iyul, yakshanba kungi videokonferensiya yakunlariga ko‘ra XOQ Ijroqo‘mi IAAF va CAS qarorini qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga oid:

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing