Ispaniyaning “Valensiya” va “Barselona” klublari Andre Gomeshning shartnomasi borasida kelishuvga erishib bo‘ldi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
Futbolchi “Barselona” bilan 5 yil birga bo‘lishga rozi bo‘ldi. Bu borada qaysidir klub Gomeshni qo‘lga kiritishni istasa, “Barselona” uchun 100 million yevro to‘lab berishi kerak.
Shartnomaning to‘liq ko‘rinishi allaqachon tayyor bo‘lsada, unga imzo chorshanba kuni — Gomesh tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng chekiladi.
“Barselona” portugaliyalik yigitni qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha bonuslarni ham inobatga olganda 55 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Gomesh “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan kuni “Valensiya” klubi hisob raqamiga yana 15 million yevro kelib tushishi kerak.
Izoh (0)