Rossiyaning Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Yamal tumani tundrasida minglab bug‘ular Sibir kuydirgisi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yamalda Sibir kuydirgisining so‘nggi bor avj olishi 75 yil avval, 1941-yilda kuzatilgan edi. Rasmiylarning qayd etishicha, ayni damda 1 200 ta bug‘u halok bo‘lgan.
Mutaxassislarning aytishicha, inson hayoti uchun xavf yo‘q. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, bug‘ular qirilgan hududdagi ko‘chmanchilar tundraning boshqa tomoniga olib boriladi va u yerda emlash o‘tkaziladi.
Mahalliy hukumat rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, Yamalda shimoliy bug‘ular soni 700 ming boshni tashkil etadi. Avvalroq ushbu hayvonlarning ommaviy qirilishi 2014-yilda kuzatilgandi. O‘shanda bug‘ular ko‘paytiriladigan fermer xo‘jaliklarida 70 mingga yaqini ochlikdan halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)