Afg‘onistonda 2009-yilning boshidan buyon 22 941 nafar tinch aholi vakili o‘ldirildi, 40 993 nafari yaralandi. Ushbu ma’lumotlar 25-iyul, dushanba kuni BMTning Jenevada chop etilgan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Joriy yilning olti oyi mobaynida fuqarolar orasidagi qurbonlar soni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslanganda 4 foizga oshgan. Afg‘onistonga ko‘mak berish bo‘yicha BMT missiyasi ekspertlari 1 601 nafar tinch aholi vakilining o‘ldirilganligi va 3 565 nafarining yaralanganligini ma’lum qildi.
“Bu 2009-yildan buyon yarim yillik uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir”, — deb ta’kidlaydi hisobot mualliflari.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zeyd Raad al-Husayn halok bo‘lgan va yaralanganlardan uchdan biri — 1 509 nafarini bolalar tashkil etishi tashvishlantiradigan holat ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)