Yil boshidan buyon ikkinchi to‘fon Tinch okeanida Yaponiyaning sharqiy Minamitori orollari hududida yuzaga keldi. U “Lupit” nomini oldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yaponiya Meteorologik boshqarmasining ma’lumotlariga qaraganda, to‘fonning markaziy qismida shamolning tezligi sekundiga 18 metrni, kuchaygan paytda esa sekundiga 25 metrni tashkil etadi.
Tropik po‘rtana shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda va, ma’lumotlarga qaraganda, Yaponiyaning shimoliy Xokkaydo orollariga 26-iyul kuni yetib kelishi kerak.
Izoh (0)