Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko 1993-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelingan Hamdo‘stlik Kubogi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi, deb xabar berdi “Stadion”.
“Hamdo‘stlik Kubogi yopildi. U o‘zining dolzarbligini yo‘qotdi. Granatkin Kubogini esa o‘tkazishda davom etamiz”, — dedi Mutko.
Hamdo‘stlik Kubogi mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashkilotiga a’zo mamlakatlarning chempionlari o‘rtasidagi o‘tkaziladigan musobaqa edi. Toshkentning “Paxtakor” klubiga 2007-yil unda g‘olib chiqish nasib qilgan.
Izoh (0)