Myanmaning Yangon shahrida joylashgan AQSh elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Surishtiruv ishlari boshlangan xabar qilinmoqda.
Mahalliy aholi vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali portlash diplomatik vakolatxona binolari majmuasi hududida sodir bo‘lganini bildirmoqda. Tasdiqlanmagan axborotga ko‘ra, portlashning miqyosi uncha katta bo‘lmagan.