Turkiyada joriy etilgan favqulodda vaziyat doirasida qabul qilingan birinchi qonun 23-iyul, shanba kuni kuchga kirdi. Unga ko‘ra 2300 maktab, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar yopildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xususan, 934 maktab, 109 talabalar yotoqxonasi, 15 universitet, 35 tibbiy muassasa, 1,1 mingdan ortiq jamoat tashkiloti va 19 kasaba birlashmalari yopildi.
Mazkur muassasalar harbiy to‘ntarishga va uning ijrochilariga aloqadorlikda gumonlanib, hukumat qaroriga ko‘ra faoliyatdan to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Turkiya parlamenti mamlakatda uch oyga favqulodda vaziyat joriy etilishini ma’qulladi. Favqulodda vaziyat joriy etilsa, prezident va hukumat parlament ishtirokisiz yangi qonunlar qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)