KXDR mamlakat sharqiy sohilidagi Xamgyon-Namdo provinsiyasida joylashgan Sinpxo shahri yaqinida ballistik raketalarga ega submarinalar uchun ikkita yangi bandargoh qurmoqda. Bu haqda, Kyodo agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
IHS Jane’s xalqaro axborot-tahliliy markazi xodimlari mavjud ma’lumotlarni o‘rganish asosida shunday xulosaga keldi. Ular shu yilning may oyida sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan suratlarni sinchiklab o‘rganib chiqish asosida doklarning uzunligi 150 metrni tashkil qiladi, degan to‘xtamga keldi. Ularda taxminan “Sinpxo” toifasidagi 2–2,5 ming tonna sig‘imli submarinalar joylashadi, va ulardan har biri ballistik raketa uchirishi mumkin bo‘ladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, doklar qurilishi 2009-yil avgustidan 2012-yil noyabrigacha bo‘lgan davr oralig‘ida boshlangan va ayni paytda yakuniy bosqichda.
Janubiy Koreya razvedkasidagi ma’lumotlarga qaraganda, KXDRda 70 ta suv osti kemasi bor.
Izoh (0)