Erondagi Kiraj-Chalus trassasida turistik avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda, Tasnim agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qizil yarim oy vakillarining bildirishicha, avtobus elektr simlari o‘tgan ustunga urilishi oqibatida haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va buning natijasida mashina ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)