Markaziy Xitoyning Xenan provinsiyasida davomiy kuchli yog‘ingarchilik va ko‘chkilar oqibatida shu haftada 15 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda 22-iyul, juma kuni Xitoy fuqarolik ma’muriyati vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Provinsiyada xavfning eng yuqori – to‘rtinchi darajasi e’lon qilindi. Hududda yashovchi 72 ming kishi evakuatsiya qilindi. 18 mingga yaqin uy-joylar vayron bo‘ldi, minglab gektarlardagi ekinlar barbod bo‘ldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar 140 million dollarni tashkil qilmoqda.
Tabiiy ofat oqibatida uysiz qolganlarga chodir, choyshablar, ichimlik suvi va oziq-ovqat berilmoqda.
Izoh (0)