Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya samolyotlari AQShning Suriyadagi bazasini o‘qqa tutgani haqida Moskvada hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari The Wall Street Journal gazetasida 16-iyul kuni Rossiya samolyotlari Suriyaning Iordaniya bilan chegarasidagi isyonchilarga tegishli at-Tanf harbiy bazasini bombalagani haqida maqola chop etilgan edi. Ushbu bazadan AQSh va Buyuk Britaniya maxsus mo‘ljal kuchlari ham foydalanadi.
“Bilmaymiz. Bu holatda gazeta sharhlariga izoh berib o‘tirishimga hojat yo‘q. Bu savolni mudofaa vazirligiga yo‘llash kerak”, — dedi Peskov, bu maqolaga munosabat bildirar ekan.
Izoh (0)