Kuzatuv kameralari 20-iyul tongida Kiyevda o‘ldirilgan jurnalist Pavel Shemetning dugonasiga tegishli bo‘lgan mashinaga portlovchi qurilma qo‘yilayotgan vaziyatini suratga olgan. Tergov Sheremetning o‘limi qasddan uyushtirilganini inkor etmayapti. Bu haqda “Zn.ua” nashri huquq-tartibot organlaridagi shaxsiy manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Hisob-kitob aniq va puxta qilingan. Portlovchi qurilmadagi trotil miqdori faqat haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan kishi uchun mo‘ljallangan, mashina ichidagi yo‘lovchilar halok bo‘lmasdi. Agar portlash to‘lqini pastga yo‘naltirilganda, yer uni o‘ziga tortib olardi. Biroq portlash to‘lqini yuqoriga va chapga harakatlandi. Ushbu ‘ov’ faqatgina qotillik qurboniga qaratilgandi”, – deya ma’lum qildi nashr suhbatdoshi.
Qayd etilishicha, sud tibbiy ekspertlari Sheremetning jasadini tekshirish bo‘yicha ishini yakunladi va jurnalist jarohatlar hamda qon yo‘qotilishi oqibatida halok bo‘lganini xulosa qildi.“Bundan tashqari, tergov guruhi kuzatuv kameralari suratga olgan videolarni o‘rganmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, kameralardan biri Alyona Pritula (Sheremetning dugonasi)ga tegishli mashina ostiga portlovchi qurilmaning qo‘yilayotgan vaziyatini suratga oldi”, – deb qo‘shimcha qildi nashr.
Izoh (0)