Xitoyning materikdagi qismi vakillari Tayvanda avtobusning yonib ketishi oqibatida 26 kishining halok bo‘lgani munosabati bilan o‘z noroziligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Materikdagi turistik almashinuv uyushmasi bosh kotibi Lyu Kechji bu haqda Taoyuan shahrida o‘tkazilgan motam marosimidan so‘ng aytib o‘tdi. Fojia ushbu shahar yaqinida 19-iyul kuni sodir bo‘lgan edi.
Shuningdek, u Tayvan hukumati voqeani sinchiklab taftish qilishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 19-iyul, seshanba kuni Tayvanda sayyohlar guruhini olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yonib ketishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)