Qirg‘iziston Oliy sudi binosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida portlovchi qurilma topilmadi. Bu haqda “TASS” agentligiga Qirg‘iziston Bishkek IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq sud binosiga portlovchi modda o‘rnatilgani haqidagi xabardan so‘ng muassasa o‘z ishini vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.
“Oliy sud binosiga bomba o‘rnatilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi”, – deya ma’lum qildi Bishkek IIB matbuot xizmati. Ayni damda portlovchi modda haqida anonim xabar bergan kishi qidirilmoqda. Mamlakat parlamenti yangi qonunni qabul qilsa, anonim 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki 3 million som (raqiyb 44 ming dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Bishkek IIB xodimlari navbatchi qismga bomba haqida xabar qilgan mobil telefon raqamini aniqladi. “Xodimlarimiz ushbu telefon raqami egasini qidirmoqda”, – dedi Bishkek IIB matbuot kotibi Oljobay Kazabayev.
Izoh (0)