O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazida mamlakat iqtisodiy barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G‘. Shukurov, Milliy kinologiya markazi direktori A. Tursunov va boshqalar ishtirok etdi.
“Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda, — dedi Milliy kinologiya markazi direktori o‘rinbosari Farrux Qahhorov. — Kinologlar faoliyatini samarali tashkil qilish, kinologiya yo‘nalishidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida jamlash va tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida 2014-yildan ‘Kinologiya xizmati’ axborot tizimi joriy etildi”.
Tadbir davomida kinologlarning xizmat itlari bilan ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Izoh (0)