The Telegraph nashrining xabar berishicha, Angliya milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Sem Ellardays yetakchiga aylanib oldi.
“Arsenal” bilan shartnomasi yana bir yildan keyin o‘z yakuniga yetadigan Arsen Venger Angliya Futbol Assotsiatsiyasining taklifiga rad javobini bergach, nomzodlar ichidan Ellardays variantida to‘xtalindi.
Norasmiy ma’lumotga ko‘ra, “Sanderlend”ni 2015/16-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Premyer-Ligada saqlab qolgan mutaxassis yangi ish joyida yiliga 3,5 million funt-sterling maosh oladi.
Murabbiylik faoliyatini 1991-yildan boshlagan Ellardays faoliyati davomida “Blekpul”, “Notts Kaunti”, “Bolton Uonders”, “Nyukasl”, “Blekbern Rovers”, “Vest Hem”, “Sanderlend” kabi klublarda faoliyat olib borgan.
Izoh (0)