Turkiya hukumati harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan generallar va admirallarga nisbatan rasmiy ayblovlarini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Umumiy hisobda 103 general va admiral qo‘lga olingan edi, keyinchalik ulardan uch nafari qo‘yib yuborildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on milliy xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini o‘tkazdi. Endilikda uning majlis yakunlariga ko‘ra bayonot berishi kutilmoqda.