O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Eng yaxshi ishchi kasb egasi” tanlovi tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, ularning kasb mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratishdir.
Shu kunlarda tanlovning mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirokchilarning bilim va mahoratlari nazariy va amaliy sinovlardan o‘tkazilmoqda. Yoshlar “Qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi”, “Payvandlash ishlari texnigi”, “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi”, “Umumqurilish ishlari ustasi”, “Tikuv va tikuv-buyumlari ishlab chiqarish texnik-texnologi”, “Oshpaz”, “Sartaroshlik va dekorativ kosmetika ustasi” nominatsiyalari bo‘yicha mahoratlarini namoyish etmoqda.
Izoh (0)