Rossiya terma jamoasi murabbiyi Sergey Semak va uning rafiqasi Anna bolalar uyidan imkoniyati cheklangan qizaloq asrab olgan.
“Zenit” futbol klubining Facebook’dagi sahifasiga tayanib xabar bergan “Chempionat”ga ko‘ra, qizchaning ismi Tanya. Uni oldinda qimmat operatsiya kutib turibdi. Semaklar oilasi esa o‘z uyida bir necha kundan beri istiqomat qilayotgan Tanyaning davolanish xarajatlarini to‘liq qoplashni niyat qilgan.
2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Sergey Semak va uning oilasi boquvchisini yo‘qotgan bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sport anjomlari va oyoq kiyimlarini ham yetkazib bergan.
“Championat.asia” xabariga ko‘ra, Sergey va Annaning olti nafar farzandi bor. Tanya esa yettinchi farzand sifatida qabul qilib olingan.
Izoh (0)