Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi 86 yoshli ayol do‘konda bir o‘ram bekon bilan o‘zini o‘g‘ridan himoya qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Katta Manchester politsiyasining bildirishicha, nafaqaxo‘r ayol Oltringemdagi supermarketga kirishdan oldin katta miqdorda naqd pul yechib olgan. U xarid amalga oshirayotganida bir notanish ayol unga tashlanib, pulni berishni talab qila boshlagan. Nafaqaxo‘r ayol o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, bir o‘ram bekon bilan o‘g‘rining boshiga ura boshlagan, natijada u qochib ketgan.
Nafaqaxo‘r ayol sog‘-omon, deb xabar berdi politsiya.