Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Baglan viloyatida kuchli portlash ovozi eshitilgani haqida “Sinxua” agentligiga tayanib “TASS” xabar berdi.
“Terrorchilar Baglan viloyatidagi maktab sinfxonasiga portlash uskunasini o‘rnatgan va u mahalliy vaqt bilan 11:30 da portlagan. Yaxshiyamki portlash vaqtida sinfxonada birorta ham o‘quvchi yo‘q edi”, — deb ta’kidlagan politsiya vakili Muhammad Zobir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, maktab binosiga jiddiy shikast yetgan.
Bu voqea yuzasidan javobgarlikni mintaqada faoliyat olib boruvchi terrorchilik guruhlaridan hech biri o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q. Shunga qaramay mamlakat hukumati mazkur voqea ortida “Tolibon” jangarilik harakati turganiga shubha qilmayapti.
Izoh (0)