Armaniston huquq-tartibot idoralari xodimlari 17-iyul kuni mamlakat poytaxti Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini garovga olgan qurolli guruh vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat milliy xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, muzokaralar davomida qurolli guruh vakillari yana qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirilmoqda.
Bundan tashqari, maxsus xizmat vakillari boshqa sohaga ixtisoslashgan tashkilotlarni jarayonga aralashib, xalaqit bermaslikka chaqirdi.
Izoh (0)